10 may kuni ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» 10 may, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma'lum qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16–18 daraja iliq, kunduzi 26–28 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 28—33 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududiga 5 maydan Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelgandi.
Mavzuga oid
10:42 / 26.11.2024
27 noyabr kuni harorat yanada ko‘tarilishi kutilyapti
11:43 / 25.11.2024
26 noyabr kuni harorat 22 darajagacha ko‘tariladi
11:18 / 25.11.2024
Hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lum qilindi
17:09 / 24.11.2024