Arab dengizida katta miqdorda rus va xitoy qurollari ortilgan kema qo‘lga olindi
Amerikaning raketali kreyseri Arab dengizi hududida birorta o‘zini tanitish belgisiga ega bo‘lmagan kemani qo‘lga oldi, uning bortida Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan yirik miqdordagi qurollar partiyasi aniqlangan. Hozirda AQSh hukumati bu kema qayerdan qayerga harakatlanganini aniqlashtirish ustida ish olib bormoqda.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari 5-floti ma'lumotlariga ko‘ra, kemani ushlash bo‘yicha amaliyot neytral suvlarda USS Monterey kreyseri jamoasi ko‘magida o‘tkazilgan. Amaliyot ikki kundan ortiqroq davom etgan.
Amerikalik harbiylar kema bortida Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan minglab avtomatlar, shuningdek, rossiyaliklarning tankka qarshi raketa majmualari, merganlik miltiqlari va pulemyotlar bo‘lgani haqida xabar bergan.
«Kemada yashirilgan qurol orasida Rossiyada ishlab chiqarilgan tanklarga qarshi boshqariluvchi o‘nlab raketalar, Xitoyda ishlab chiqarilgan minglab miltiqlar, pulemyotlar, tanklarga qarshi granatomyotlar aniqlangan», deyiladi flotning rasmiy tvitterida.
Topilgan qurollar musodara qilingan. Noqonuniy qurolni tashiyotgan kema ekipaji so‘roq qilingach, qo‘yib yuborilgan. Hozirda AQSh hukumati bu yuklar qayerdan chiqqani va kimga mo‘ljallanganini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda.
AP agentligi amerikalik harbiylarga asoslangan holda bu yuk Yamandagi husiychilar uchun atalgan bo‘lgani haqida xabar tarqatdi. Bu qurollar Erondan chiqqani taxmin qilinmoqda.
Bu amerikaliklar kemasi Arab dengizi hududida yirik miqdorda qurol-yarog‘ ortilgan kemalarni to‘xtatishi bilan bog‘liq ilk holat emas. 2020 yil boshida ham amerikalik harbiylar qurol ortilgan eronliklar kemasini to‘xtatgandi.
Mavzuga oid
09:30
AQSh Ukrainaga 400 mln dollarlik harbiy yordam beradi
01:15
AQSh tez orada Xitoydagi sun’iy intellekt texnologiyalariga investitsiya kiritishni cheklaydi
11:20 / 21.10.2024
AQSh Isroilning Eronga zarbaga tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumot sizib chiqqanini tekshirmoqda
18:45 / 20.10.2024