Ilon Mask ruhiy muammosi borligini aytdi
Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask ruhiy buzilish – Asperger sindromidan aziyat chekishini tan oldi. Ushbu muammo ijtimoiy muloqotdagi qiyinchiliklar bilan ifodalanadi.
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi bu haqida NBC telekanalidagi Saturday Night Live musiqiy-hajviy dasturga boshlovchilik qilganda ma'lum qildi.
“Men uchun Saturday Night Live boshlovchisi bo‘lish katta sharaf. Bugungi chiqishim – tarixiydir, chunki men ushbu dasturning Asperger sindromiga ega birinchi boshlovchisi bo‘laman. Juda bo‘lmasa, buni tan olgan birinchi boshlovchisiga aylanaman”, deb aytgan Mask.
U kirish nutqida Twitter’dagi sahifasida turlicha qabul qilinuvchi narsalarni tez-tez yozishi haqida hazillashgan.
“Miyam shunday ishlasa nima qilay?”, deb aytgan tadbirkor.
“Men elektroavtomobillarni qaytadan ixtiro qildim va fazoviy kemalarda Marsga odamlarni jo‘natmoqchiman. Siz shuncha qobiliyatim bilan meni oddiygina vazmin yigit, deb o‘ylaganmidingiz?”, deb hazillashgan Mask.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Asperger sindromidan aziyat chekuvchilar o‘z his-tuyg‘ularini an'anaviy usulda ifodalashda qiynaladilar, ularda ijtimoiy muloqotda va atrof-muhitni idrok qilishda muammolar yuzaga keladi. Bu sindromga ega odamlardan aksariyati bor diqqat-eʼtiborini o‘zlarining aniq bir qiziqishlariga qaratib, bu qiziqishlari atrofida muvaffaqiyatli faoliyat yuritadilar.
Mavzuga oid
19:25
Ilon Mask amerikalik saylovchilarga pul tarqatmoqda. Bu qonuniymi?
18:45 / 20.10.2024
Mask AQSh prezidentlik sayloviga qadar kuniga 1 mln dollarlik lotereyani e’lon qildi
11:00 / 17.10.2024
Ilon Mask Tramp kampaniyasiga 75 mln dollar xayriya qildi
21:35 / 15.10.2024