O‘zbekiston | 13:43 / 10.05.2021
4379
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Xitoyga boradi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Xitoy – Markaziy Osiyo» tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

2021 yilning 11-12 may O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan «Xitoy – Markaziy Osiyo» ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif bilan boradi.

Mazkur tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.

Vazirlar uchrashuvi chog‘ida o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklari bog‘liqligiga ko‘maklashish va uzluksiz savdoga keng yo‘l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif davomida vazir Abdulaziz Komilov Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi va «Ipak yo‘li» 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq so‘zlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid