Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistondan olib chiqilayotgan texnikaning bir qismini yo‘q qilib yuboradi
Qo‘shinlarni olib chiqish davomida AQShga jo‘natilmaydigan va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga berilmaydigan harbiy texnika yo‘q qilib yuboriladi.
Associated Press axborot agentligining xabar berishicha, ortga jo‘natilayotgan AQSh harbiy texnikasining katta qismi «qoldirishga mo‘ljallanmagan qimmatli qurilmalar» hisoblanadi. Bu haqda agentlikka noma'lum bo‘lib qolishni istagan amerikalik amaldorlar ma'lum qilgan.
Ularning ta'kidlashicha, boshqa qimmatbaho texnika, jumladan, vertolyotlar, qurol va o‘q-dorilar Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlariga topshiriladi. Afg‘on hukumat kuchlariga, shuningdek, bir nechta baza taqdim etiladi.
Bundan tashqari, yomon holati sababli ta'mirlab bo‘lmaydigan qurilma va transport vositalari ham yo‘q qilinadi.
Amerikalik harbiylarning ma'lum qilishicha, hozirgi kunga kelib 1,3 mingta texnika yo‘q qilingan. AQSh harbiylari olib chiqib ketiladigan so‘nggi muddat – 11 sentyabrgacha yanada ko‘proq texnikani yo‘q qilish rejalashtirilgan.
Aprel oxirida AQSh va NATO qo‘shinlari «Tolibon» bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Afg‘onistonni tark eta boshladi. Qo‘shinlarni 2021 yil 11 sentyabrgacha to‘liq olib chiqib ketish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026