Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda YTH natijasida «Lacetti» va «Kamaz» yonib ketdi
Joriy yilning 10 may kuni soat 21:46larda Ohangaron tumani “Oybuloq” MFYdan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh”, “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘li kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, “MAN TGS” rusumli yuk mashinasi, “Lacetti” rusumli yengil avtomobil va “Kamaz” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida yong‘in kelib chiqib, “Lacetti” va “Kamaz” haydovchilari yengil tan jarohati olgan va ularning boshqaruvidagi avtoulovlar to‘liq yong‘indan zararlangan.

Hodisa joyiga FVBning 4ta yong‘in-qutqaruv guruhlari soat 21:56da yetib borgan. Yong‘in soat 21:58da qurshab olinib, soat 22:08da to‘liq bartaraf etilgan.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026