O‘zbekiston | 11:10 / 13.05.2021
5858
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent shahridagi Inha universitetida magistratura bo‘limi ochildi

Foto: Inha

Toshkent shahridagi Inha universiteti mamnuniyat bilan biznes va boshqaruvning fundamental yo‘nalishlariga qo‘shimcha bo‘lmish sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar va bulutli hisoblash mavzularini qamrab olgan «Raqamli transformatsiyadagi MBA» (MBA in digital transformation) nomli magistrlik dasturining ochilishi haqida e'lon qiladi. Dasturning nomini «ABC MBA» deb atashga qaror qildik.

Dasturning maqsadi 4-sanoat inqilobining yangi davriga qadam qo‘ygan talabalarga menejyerlik tafakkuri va konvergent muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda texnik, nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirib, tashkilotlarda raqamli biznes transformatsiyasini loyihalashtirish, amalga oshirish va boshqarish imkoniyatini berishdir. Dastur moliyaviy xizmatlar, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, mehmondo‘stlik, ta'lim va hukumat kabi turli sohalarda biznesning raqamli transformatsiyasiga yordam beradi.

Ushbu kunduzgi ta'lim shaklidagi dastur kelajakdagi innovatsion yosh avlodni raqamli transformatsiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga  va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejyerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

Noyob ta'lim va o‘zaro aloqalar tajribasi ikki semestr davomida Toshkentda va ikki semestr davomida Koreyada taqdim etiladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, Koreyadagi INHA universiteti tomonidan diplom beriladi.

Batafsil ma'lumot

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid