O‘zbekiston | 14:20 / 16.04.2020
17767
2 daqiqa o‘qiladi

Inha universiteti: talabalar «aqlli niqob»ni ixtiro qildi

Bu niqob sezish funksiyasi orqali avtomatik tarzda inson haroratini o‘lchashi, yo‘talish va nafas qisilishi kabi barcha ma'lumotlarni maxsus ilova orqali smartfonga yuborishi aytiladi

Foto: inha.uz

Inha universitetining Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti 4-bosqich talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurahmonova O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga o‘z hissalarini qo‘shishga qaror qildilar va «aqlli niqob»ni yaratdilar, deb xabar bermoqda universitet.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining fikriga ko‘ra, bunday niqobni qayta va qayta ishlatsa bo‘ladi. U insonning tana harorati, yo‘talish, aks urish va nafas olishda bo‘layotgan qiyinchilikni uch xil sensor orqali aniqlab bera olishi aytilgan.

Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bo‘lib uning yordamida niqobga o‘rnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan ko‘rsatkichlarni smartfonga yuboradi. Ilova ushbu ma'lumotni koronavirus alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bo‘lsa, dastur aniqlik kiritadi.

«Koronavirusning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, u boshqa o‘tkir yuqumli kasalliklardan ajralib turadi: yuqori isitma, quruq yo‘tal, nafas qisilishi kabi. Sensorlar tufayli niqob bu ma'lumotlarni osongina aniqlay oladi. Masalan, agar odamda harorat 38,5 daraja bo‘lsa, u tez-tez yo‘talsa va uzoq vaqt nafas ololmasa, dastur niqob egasi koronavirusdan shubhalanayotganligi haqida signal beradi. Kelajakda biz bu niqobni tibbiy muassasalar bilan kelishilgan holda tekshirishni rejalashtirmoqdamiz.Tegishli alomatlari bo‘lgan odamlarga tez yordam berish oson bo‘ladi», - degan g‘oya mualliflaridan biri Aziza Abdurahmonova.

Loyihaning yana bir muallifi Doston Mardiyevning ta'kidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan o‘tkazilmoqda. 

Mavzuga oid