O‘zbekiston | 11:34 / 14.05.2021
2870
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina boshqarib yo‘l-transport hodisasi sodir etdi

Jizzax shahridagi maktablardan birida o‘qiydigan o‘quvchi mashina boshqarib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 4 may kuni Jizzax shahridagi maktablardan birida o‘qiydigan 2005 yilda tug‘ilgan o‘quvchi o‘ziga tegishli bo‘lmagan «Matiz» mashinasini boshqarib, shaharning O‘ratepalik mahallasi Said Nasimov ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Surishtiruvlarda aniqlanishicha, o‘quvchi oila a'zolari bilan uyga qaytayotganda, mashinani boshqarib kelayotgan akasi oshxonaga kirgan paytda uni yo‘lga o‘nglab qo‘ymoqchi bo‘lgan. So‘ng mashina boshqarish huquqini beruvchi guvohnomasi va yetarli tajribasi bo‘lmagan o‘quvchi shu yerdan o‘tib ketayotgan «Damas»ga borib urilgan. Mazkur YTH oqibatida hech kim jiddiy tan jarohatlari olmagan. Ammo «Matiz» va u borib urgan «Damas» mashinasi jiddiy shikastlangan.

Qayd etilishicha, o‘quvchi ta'lim oladigan maktabda mazkur hodisa yuzasidan viloyat IIB YHXB mas'ullari, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokida muhokama o‘tkazilgan. Unda YHXB xodimlari ota-onalar va o‘quvchilarga yo‘l-transport hodisasi oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borgan.

 

 

Mavzuga oid