Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatidagi sudlarga yangi o‘rinbosarlar va sudyalar tayinlandi
Sudyalar oliy kengashi axborot xizmatining xabar berishicha,
Boboxon Hojiakbarovich Vahobov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan).
Alisher Abduhamidovich Madaminov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungacha Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan).
Akmal Zuhriddinovich Roziqov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Xurshid Iskandarovich Qosimov — vakolat muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.
Behzod Xursandovich Ergashev — vakolat muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Farrux Soyibjonovich Abduraimov — vakolat muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.
Saidazizxon Saida'zamxonovich Akbarov — vakolat muddati davriga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi, shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026