Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat davlat resurslariga don xarid qilish hajmini tasdiqladi
Vazirlar Mahkamasining “2021 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ichki bozorda don va non narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 2021 yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid qilish hajmi tasdiqlandi.
Xususan, joriy yil hosilidan davlat resurslari uchun jami 2 434 425 tonna tovar va urug‘lik don (shundan - 2 150 000 tonna tovar don, 284 425 tonna urug‘lik don) xarid qilish nazarda tutilgan.
G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga jahon bozori kon'yunkturasi va mintaqaviy birjalarda kutilayotgan don narxlari tahlilidan kelib chiqib don va un mahsulotlari narxi keskin oshib ketishining oldini olish choralarini ko‘rish topshirildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tegishli idoralar 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘ligining o‘z vaqtida va sifatli jamg‘arilishini ta'minlashi, shuningdek urug‘lik g‘allani o‘rish uchun alohida o‘rim-yig‘im otryadlarini shakllantirishi hamda urug‘lik donning alohida saqlanishini tashkil etishi zarur.
Respublika ishchi guruhining tarkibi tasdiqlandi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- 2021 yil g‘alla hosilini qisqa muddatda nest-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish;
- yanchilgan donni tashish va qabul qilish uchun yetarli miqdorda YoMM zaxirasini yaratish;
- ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta'minlash uchun boshoqli don xarid qilish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi va qabul qilingan don uchun o‘z vaqtida hisob-kitoblar amalga oshirilishini nazorat qilish;
- xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan qo‘shimcha g‘allani tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, don qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarda va g‘allachilik klasterlariga ichki bozorda shakllangan narxlarda sotishni tashkil etish va sotilgan g‘alla uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan nazorat qilish.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026