Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambag‘alchilikdan chiqish uchun aholiga ajratilgan kredit kimni boy qilmoqda?
Fevralning oxirilarida Qumqurgon tumani “Joziba” mahallasida yashovchi Sarvinoz Roziqovaning uyiga Odil ismli fuqaro kelib, unga "Temir daftar" asosida "Agrobank" Qumqo‘rg‘on tuman bo‘lmidan 10 mln so‘m kredit ajratilganini, 1,5 sotixga issiqxona qurib berishi lozimligini bildirgan.
U ta'minotchiga bankka kredit so‘rab ariza bermaganini bildirgan.
Shunday bo‘lsada, issiqxonaning usti 15 mart kuni yopilgan.
Ayol pomidor ko‘chat sotib olib issiqxonaga ekkan. Dehqonchilik qilib daromad topmoqchi bo‘lgan. Issiqxona 1 oyga bardosh bermay, ayolning ko‘z o‘ngida vayron bo‘lgan.
Endi esa bank xodimlari Sarvinoz Ro‘ziqulovadan kredit foizlarini to‘lashni talab qilmoqda.
Bugungi kunda kambag‘allikdan chiqishi rejalashtirilgan ayol vayron bo‘lgan issiqxona sabab idorama idora yugurib sarson bo‘layotganini, moddiy sharoiti avvalgidan ham yomonlashayotganini bildirib nolimoqda.
Mavzuga oid
09:52 / 21.02.2026
Vengriya Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdoridagi kreditni blokladi
15:32 / 16.02.2026
Freeze xizmati nima va uni qanday yoqish mumkin?
12:07 / 27.01.2026
2025 yilda xorijiy investitsiya va kreditlar 33,5 mlrd dollarga yetdi
16:30 / 22.01.2026