Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori tayinlandi
Umid Obidxo‘jayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
U.Obidxo‘jayev 1987 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2009 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini, 2014 yilda Yaponiyaning Keyo universiteti magistratura bosqichini hamda 2017 yilda Keyo universiteti doktorantura bosqichini iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2009 yilda Davlat mulki qo‘mitasining Tashqi aloqalar va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimida boshlagan.
U 2014–2016 yillarda Yaponiyada Osiyo taraqqiyot banki institutining infrastruktura investitsiyalari bo‘yicha ilmiy xodim, 2017–2018 yillarda Osiyo taraqqiyot bankining Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi infratuzilma investitsiyalarini baholash instituti loyihasi bo‘yicha maslahatchisi, 2018–2019 yillarda Yaponiyadagi Keyo universitetida iqtisodiyot bo‘yicha ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.
2019 yilda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Infratuzilma loyihalarini tahlil qilish guruhi rahbari vazifasini vaqtincha bajarib, tayinlovga qadar O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
17:30 / 01.04.2023
«Huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri - Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashi». Huquqshunoslar yangilanayotgan Konstitutsiya haqida
20:10 / 31.03.2023
2023 yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar ikki marta oshiriladi
18:59 / 06.02.2023
Xizmatlar sohasi qanday o‘zgardi? – iqtisodchi bilan imkoniyatlar haqida suhbat
23:28 / 31.05.2022