2022 yil yakunlariga köra, Özbekistonda xizmatlar sohasining yalpi içki mahsulotdagi uluşi 41,5 foizni taşkil qildi.  2017-2022 yillar oraliğida xizmat körsatiş sohasi 1,9 barobar ösgan. Institut guruh rahbari Dilfuza Vahobovaga köra, axborot kommunikativ infratuzilmaning yaxşilanişi davlat xizmatlari turlarining köpaygani, biznesni röyxatga oliş osonlaşgani, xizmatlarni rivojlantiriş töğrisidagi dastur qabul qilingani bunga zamin yaratgan. 

Xizmatlar sohasini 2022-2023 yillarda rivojlantiriş prognozlarida soha ösişi 2,2 barobar bölişi kerak edi. Ayrim xizmat körsatiş turlari prognoz parametrlariga mutanosib tarzda rivojlandi. Bunga moliyaviy xizmatlar misol böla oladi.

Sohaning ösişi prognozdan past darajada bölişiga imkoniyatlardan töla foydalanilmagani sabab bölgan. Bundan taşqari, prognozlar optimistik ssenariyda işlab çiqilişini ham hisobga oliş muhim. Institut mutaxassislari xizmatlar sohasini rivojlantiriş uçun qanday imkoniyatlar borligini tahlil qilişdi.

“Ta’lim xizmatlarida ösiş kutilganidan 0,5 barobar kamroq bölgan. Oliy ta’lim xizmatlar sohasining 54 foizini taşkil qiladi. Bu juda katta uluş, demak bizda asosiy boy berilgan imkoniyatlar oliy ta’limda. Tarixan qisqa davrda oliy ta’limda ham ta’limning boşqa bosqiçlari kabi katta işlar qilindi. 2018 yilda bittagina xususiy OTM bölsa, ötgan davrda köplab xususiy universitetlar oçildi. Xorijiy universitetlar Özbekistonga jalb qilindi, ularning soni 30 taga yetdi. 2017 yilda ularning soni 7 ta edi. Jahon banki körsatkiçlariga köra, Özbekistondan ketib öqiyotgan talabalar va boşqa davlatlardan kelib öqiyotgan talabalar örtasida 14 barobar farq bor. Demak bizdan ketib çetda öqiyotgan talabalar 14 barobar köp. Aholining içida ham oliy ta’lim xizmatlariga talab katta, ammo sifat borasida qiladigan işlarimiz köp”, — deydi Dilfuza Vahobova. 

Soğliqni saqlaş tizimidagi xizmatlar ham boy berilgan imkoniyatlar qatorida körilmoqda. Bu sohadagi xizmatlar ham ta’lim xizmatlari kabi kutilganidan 0,4 barobar kam rivojlangan. Tahlilçilar ta’lim va soğliqni saqlaş sohalaridagi xizmatlar kutilganidek rivojlanmasligiga ular davlat tomonidan ham körsatilgani bilan izohlanişi mumkinligini aytmoqda. 

“Turizm xizmatlari prognozlardan 0,3 barobar  kam rivojlandi. Boy berilgan imkoniyatlarimiz bor. Masalan, “Global muslim turizmi” indeksida Özbekiston 62 ball bilan 9-örinda turadi.