O‘zbekiston | 20:40 / 22.05.2021
11350
2 daqiqa o‘qiladi

Hozirgi avlod nimani o‘qishini tushunmayman - xalq ta'limi vaziri

«Oldinlari hammamiz yotib olib kitob o‘qirdik. Hozirgi avlod nimani o‘qishini men tushunmayman. Masalan, men feysbukda yozdim deylik. Tahlilni yosh bo‘yicha qaraydigan bo‘lsam, feysbukda bizni o‘qiyotganlar asosan 40 yoshdan yuqori bo‘lib chiqyapti», - dedi Sherzod Shermatov.

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Toshkent 5 tashabbus harakati» doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotda kitobxonlik borasida so‘z yuritdi. 

«Bolalarimiz, afsuski, kitob o‘qishga uncha qiziqmay qo‘ydi. Hozir telefonlar rivojlanib ketganidan keyin bolalar sayoz bilimli bo‘lib qolishgan. Oldinlari hammamiz yotib olib kitob o‘qirdik. Hozirgi avlod nima o‘qishini men tushunmayapman. Masalan, men feysbukda yozdim deylik. Tahlilni yosh bo‘yicha qaraydigan bo‘lsam, feysbukda bizni o‘qiyotganlar asosan 40 yoshdan yuqori bo‘lib chiqyapti. Keyingisi tvitter deydigan bo‘lsak, uni ham ko‘p bolalar o‘qiyotgani yo‘q. Umuman teksti yo‘q, o‘qimaydigan instagram desa, bilmadim, uni ham ko‘rishmayapti hozir. O‘zi hozirgi yoshlar nimani o‘qiyapti?» dedi u.

 Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, kitob targ‘ibotini bolalarga qanday yetkazish mumkinligi masalasida barchaning fikri muhim.

«Nima qilsak, yoshlarga ko‘proq o‘zimizning axborotlarni yetkazamiz? OAV xafa bo‘lmasin, yoshlar hamma OAVni ham ko‘rmayapti. Lekin bir-biri bilan gaplashyapti. O‘zi qayerdandir ma'lumot olyapti. O‘zi yangiliklar qilib, nimadir tashkil qilyapti», - dedi vazir.

Mavzuga oid