Axborot xurujlari avj olayotgan hozirgi davrda yoşlar örtasida kitobxonlikni ommalaştiriş har qaçongidan ham dolzarb. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga taşrifi doirasidagi yiğilişda aytib ötdi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, şu maqsadda 2026 yilda viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari taşkil etiladi, buk-kafe oçgan tadbirkorlarga soliq va ijara tölovlaridan imtiyoz beriladi.

Şavkat Mirziyoyev “Burhoniddin Marğinoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini ötkaziş, uşbu tadbirga dunyoning maşhur yozuvçi va şoirlarini taklif qiliş taşabbusini bildirdi.

Prezident özbek adabiyoti tarixida Qöqon adabiy muhitining örni beqiyos ekani, bu zaminda 300 dan ziyod şoir va adib yaşab ijod qilganini ham qayd etdi.

Şunday adiblarni yetiştirgan Qöqon UNESCO'ning “Adabiyot şahri” maqomini olişga ham munosib. Lekin bunday boy meros haligaça tizimli örganilmagani, ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani qayd etildi

Şu bois, Qöqon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratiş, Adabiyot va ijod maktabini taşkil etiş taklif qilindi.