Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik pasportining suratini tanishiga yuborgan qashqadaryolik chuv tushdi
Yakkabog‘da yashovchi fuqaro tanishiga ish topib berishi uchun telegrammdan pasport nusxasini yuborgan. Nishonda yashovchi fuqaro esa bankdan kredit olgan.
Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro 2020 yilning kuzida Nishon tumani «Oq oltin» MFYda yashovchi tanishiga telefon qilib, ish topib berishini so‘ragan. A.E. unga fuqarolik pasportining suratini telegramm raqamiga tashlab yuborishini, ish topilgandan so‘ng xabar qilishini bildirgan.
Tanishining fuqarolik pasporti nusxasini qo‘lga olgan ustomon 2020 yilning dekarb oyida tanishining nomiga «O‘zsanoatqurilishbank» ATBdan 1 yil muddatga 6.973.000 so‘m miqdorda onlayn kredit oladi.
Bundan xabar topgan yakkabog‘lik Nishon tuman IIBga 2021 yil 16 aprel kuni ariza beradi. Mazkur holat yuzasidan Nishon tuman IIB TB tomonidan ustomonga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026