O‘zbekiston | 11:13 / 25.05.2021
5299
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport harakati 30 kunga cheklanadi

Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda transport harakati 30 kunga cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli 30 kun mobaynida quyidagi yo‘l qismlarida transport harakatlanishi cheklanadi:

KHAYdan Ahmad Donish ko‘chasiga tushish yo‘li (mo‘ljal: Taxtapul masjidi);

Ahmad Donish ko‘chasidan KHAYga chiqish yo‘li;

Ahmad Donish ko‘chasi —  Sultan restoranidan KHAYga chiqish yo‘ligacha;

Ahmad Donish ko‘chasi — “Yunusobod” universami yaqinidagi chorrahadan Ahmad Donish ko‘chasiga chiqish yo‘ligacha.

Ushbu yo‘l qismlarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid