Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh tarixda birinchi marta Erondan neft import qildi
AQSh 2021 yil martida tarixda birinchi marta Erondan neft import qildi. Bunday ma'lumotni AQSh energetika vazirligi keltirib o‘tdi. Import qilingan neft hajmi 1 mln barrelni tashkil qilgan.
1981 yildan beri AQSh vazirligi tomonidan olib boriladigan bu boradagi statistikaga ko‘ra, bungacha AQSh faqatgina 2020 yil oktyabrda Erondan 1,1 mln barrel neft mahsulotlari import qilgan.
AQSh Tehron neftiga nisbatan 2018 yil noyabrda sanksiyalar kiritgandi. Shundan keyin Vashington yarim yil davomida 8ta davlatga Eron neftini import qilishga ruxsat bergan.
AQSh energetika vazirligi taqdim qilgan oxirgi statistikaga ko‘ra, AQSh mart oyida Saudiya Arabistonidan 9,5 mln, Rossiyadan 6,1 mln, Nigeriyadan 2,9 mln, Angoladan 1,6 mln, Liviyadan 622 ming barrel neft import qilgan.
Umumiy hisobda AQSh OPeKga kiruvchi davlatlardan mart oyida 20,8 mln barrel, unga kirmaydigan davlatlardan 158,6 mln barrel neft olgan.
Shuningdek, AQSh mart oyida jami 256,9 mln barrel neft va neft mahsulotlari, jumladan, 179,4 mln barrel neft import qilgan.
Mavzuga oid
10:03
Erondagi namoyishlar vaqtida kamida olti kishi halok bo‘ldi
07:18
Geosiyosatni belgilayotgan neft: dunyo zaxiralari qaysi davlatlarda jamlangan?
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
20:09 / 01.01.2026