Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Kamaz-35320» va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashdi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida Kamaz yuk mashinasi o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 29 may kuni M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi 1060-kilometrida, Toshkent-Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Kamaz-35320» yuk mashinasi o‘zidan oldinda harakatlanayotgan Isuzu yuk mashinasining orqa tomoniga kelib urilgan. Oqibatda, har ikkala mashina shikastlangan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan. Aniqlanishicha, «Kamaz-35320» haydovchisi mashinani boshqarib kelayotganda charchoq tufayli uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun tongda M41 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand shahridan o‘tgan qismida Isuzu yuk mashinasining haydovchisi ham charchoq tufayli uxlab qolgan. Oqibatda mashina Zarafshon daryosining qirg‘og‘iga ag‘darilib ketgan.
Mavzuga oid
19:09 / 11.12.2025
“Qamayman deb tazyiq o‘tkazgan” – Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi
16:10 / 27.10.2025
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi
00:58 / 24.10.2025
Andijonda haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi
14:19 / 22.10.2025