Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida karantinga olingan 54ta maktabda imtihon qoldirildi
Foto: KUN.UZ
Toshkent viloyatida jami 891ta maktab faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, hozirgi kunda 54ta umumta'lim maktabi karantin holatida.
Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu 54ta maktabda tahsil jarayoni onlayn rejimida olib borilayotgan edi.
“Joriy yilning 26 may kunidan boshlangan 9- va 11- sinflarda o‘tkaziladigan davlat imtihonlari 837ta maktabda barqaror holatda davom etyapti. Tahsilni onlayn olib borgan ta'lim muassasalarida esa karantin muddati tugagach navbatdan tashqari pedagogik kengash yig‘ilishi o‘tkazilib, imtihon kunlari (sanalari) belgilab olinadi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Ma'lum qilinishicha, belgilangan sanalarda imtihon jarayonlari karantin qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda, ochiq havoda yoki yopiq binolarda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
07:51 / 02.04.2026