O‘zbekistonda 80 yillik harorat bo‘yicha mutlaq maksimum qayd etildi
31 may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimumi yopildi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zgidromet”ning meteorologik stansiyalari ma'lumotlari bo‘yicha kecha-kunduz uchun maksimal havo harorati quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Nukus – 41,2 daraja issiq, bu 2015 yilga nisbatan 1,7 darajaga yuqori (39,5 daraja issiq);
- Urganch – 42,9 daraja issiq, bu 1933 yilga nisbatan 3,5 darajaga yuqori (39,4 daraja issiq);
- Buxoro – 43,0 daraja issiq, bu 1967 yilga nisbatan 2,7 darajaga yuqori (40,3 daraja issiq);
- Navoiy – 41,0 daraja issiq, bu 1961 yilga nisbatan 0,5 darajaga yuqori (40,5 daraja issiq) bo‘ldi.
Bundan oldin, “O‘zgidromet” hafta davomida O‘zbekiston hududida asosan quruq va juda issiq ob-havo bo‘lishi davom etishi to‘g‘risida xabar bergandi.
Ish haftasi davomida aksariyat viloyatlarda havo harorati kechalari 22-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 37-39 daraja issiqni, janubda va cho‘l hududlarida 38-43 daraja issiqni tashkil etadi.
Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:51 / 22.11.2024
23 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
11:33 / 21.11.2024
22 noyabrda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi
11:05 / 20.11.2024
21 noyabrda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin
10:50 / 19.11.2024