Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:05 / 02.06.2021
31026
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda havo harorati yanada ko‘tarilishi kutilmoqda
Joriy yil 3-7 iyun kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, O‘zbekiston hududida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me'yorlardan 7-10 darajaga yuqori bo‘ladi.
Ma'lum qilinishicha, kunduz kunlari havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 44-46 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish