O‘zbekiston | 15:37 / 03.06.2021
8470
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 26 mingdan ortiq obekt noqonuniy qurilgani ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Qashqadaryoda 26,3 mingta (4 foiz) obekt noqonuniy qurilgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne'mat Otamurodov ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari hamda ularning quyi tizimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, kadastr bazasida 2021 yil 31 may holatiga 7 mln 830 mingta ko‘chmas mulk obekti to‘g‘risidagi ma'lumotlar shakllantirildi. 

“Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan xatlovda ko‘chmas mulk obektlarining huquqiy holatini aniqlash uchun obektlar tajriba tariqasida qizil (noqonuniy qurilgan), sariq (hujjatlari to‘liq emas yoki hujjati bo‘lmasa-da, qurish mumkin bo‘lgan yerga qurilgan) va yashilga (hujjatlari to‘liq) ajratildi”, deydi Ne'mat Otamurodov.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, qizil obektlar – 26,3 mingta (4 foiz), sariq obektlar – 509 mingta (65 foiz) va yashil obektlar – 228 mingtani (31 foiz) tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid