Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi migrantlar rus tili va Rossiya tarixini bilishi shart qilindi
Rossiya Federatsiyasi hukumati xorijiy mehnat migrantlarining rus tili, tarixi va Rossiya qonunchiligiga doir bilimlari bo‘yicha minimal talablar darajasini tasdiqladi. Hujjat RF huquqiy axborot portalida e'lon qilindi.
Xususan, migrantlar ijtimoiy turmush va ayrim kasbiy mavzularda erkin muloqot qila olishi kerak. Ishga qabul qilish, shifoxonadagi maslahatlashuvlar va politsiyaga murojaat qilish kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, endilikda, migrantlar ayrim hujjatlar va arizalarni to‘ldirishni ham bilishlari shart.
Rossiya tarixi bo‘yicha imtihon topshirishda xorijiy mehnat migrantlaridan muhim voqealar, yirik shaharlar nomlari hamda bosh davlat bayramlariga oid savollarga javob berishlari so‘raladi. Bundan tashqari, ular o‘zlarining asosiy huquq va erkinliklari hamda Rossiya hududida bo‘lib turgandagi majburiyatlari haqida boxabar bo‘lishlari kerak.
Bu talablar, ayrimlar istisnolar bilan Rossiyada vaqtincha yashashni rejalashtirganlarga ham tegishlidir.
Avvalroq, RF Ichki ishlar vazirligi MDHdan kelgan va mamlakatda bo‘lib turgan noqonuniy migrantlardan 2021 yil 15 iyungacha Rossiya hududini tark etishni talab qilgan edi.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026