Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boltiq dengizida NATOning katta ko‘lamli harbiy-dengiz mashg‘ulotlari boshlandi
Boltiq dengizida 6 iyunda NATOning katta ko‘lamli harbiy-dengiz mashg‘ulotlari Baltops boshlandi. 18 iyungacha davom etadigan mashg‘ulotlarda NATOga a'zo 16ta davlat hamda Shvetsiya va Finlandiya harbiylari ishtirok etmoqda.
Hammasi bo‘lib mashg‘ulotlarda 40ta kema, 60ta samolyot va vertolyot hamda 4 ming harbiy ishtirok etadi. Ular davomida havo hujumiga qarshi mudofaa, minalar va kemalarga qarshi kurash hamda Litva sohilida desant tashlash mashqlari sayqallanadi.
Mashg‘ulotlarga qo‘mondonlik qilayotgan AQSh harbiy-dengiz kuchlari 6-tezkor floti qo‘mondoni vitse-admiral Jin Blekning ta'kidlashicha, “joriy yilda NATO o‘zaro harakatlanishi negizini tashkil qiluvchi Baltops mashg‘ulotlari 50 yilligi nishonlanadi”.
Mashg‘ulotlar ikki bosqichda o‘tkaziladi. Dastlabki 6 kun davomida kemalar, samolyotlar va vertolyotlar Daniya bo‘g‘ozlari hududida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajaradi. So‘ngra mashg‘ulotlar Boltiq sharqiga ko‘chadi.
Mashg‘ulotlar boshqaruvi AQSh 6-tezkor flotining Mount Whitney kemasidan amalga oshiriladi.
Avvalroq Baltops’da ishtirok etish uchun Boltiq dengiziga AQShning Roosevelt raketa esminetsi kirgandi.
Baltops mashg‘ulotlari 1971 yildan beri muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi.
Mavzuga oid
20:24 / 07.05.2026
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
21:06 / 04.05.2026
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
19:44 / 25.04.2026