Jahon | 16:32 / 08.06.2021
6086
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi yirik saytlar faoliyatida uzilishlar kuzatildi 

Amazon va Reddit hamda CNN telekanali, New York Times, Guardian, Financial Times, Independent gazetalari saytlari bir oz vaqt ishlamay qoldi. 

Foto: Reuters

Dunyodagi yirik saytlar, jumladan, yetakchi ommaviy axborot vositalari saytlarida uzilishlar kuzatildi.

Xususan, Amazon va Reddit hamda CNN telekanali, New York Times, Guardian, Financial Times, Independent gazetalari saytlari bir oz vaqt ishlamay qoldi.

Shuningdek, Britaniya hukumati sayti ham ochilmadi.

Uzilishlarga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum emas.

BBC teleradiokorporatsiyasining xabar berishicha, ushbu holat ko‘plab yirik saytlarni qo‘llab-quvvatlovchi Fastly bulutli hisoblashlar provayderi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid