Taniqli jurnalist Safar Ostonov vafot etdi
Taniqli jurnalist, «O‘zbekiston ovozi» gazetasi bosh muharriri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Safar Ostonov 73 yoshida vafot etdi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, marhum aprel-may oylarida koronavirusga chalinib shifoxonada davolanib chiqqandi. Uning o‘limiga ushbu kasallik asoratlari sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Safar Ostonov 1948 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 1972 yilda Toshkent davlat universitetini jurnalistika yo‘nalishida tamomlagan.
1990-yillarda «Sport» va «O‘zbekiston futboli» gazetalarida bosh muharrir bo‘lgan, keyinroq O‘zbekiston prezidenti apparatida maslahatchi sifatida ishlagan.
1999 yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
U 2000-yillar boshlaridan beri «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Safar Ostonov 2019 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida 63-Kattaqo‘rg‘on saylov okrugidan Xalq demokratik partiyasi nomidan Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a'zosi edi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi
Jahon | 15:15
-
Surxondaryoda Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 15:12
-
O‘zbekiston elektr taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar jalb qiladi
O‘zbekiston | 15:00
-
G‘azoliklarni Liviyaga ko‘chirish rejasi, Rossiya–Ukraina muzokaralari va Tartus portini BAAga topshirgan Suriya – kun dayjesti
Jahon | 15:00