Loyihada Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga, şuningdek, «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunga özgartiş kiritiş masalasi közda tutilmoqda.
Unga köra, qonun barça jarayonlarda ma'qullanadigan bölsa, Özbekistonda quyidagi amaliyotlar kuçga kiradi:
Jumladan, Jinoyat kodeksining 244-moddasida:
- hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga böysunmaslikka;
- ommaviy tartibsizlikka;
- fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga ommaviy da'vat qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş.
Bu jinoyat uçun jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş.
Şuningdek, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga:
- fuqarolarni qonunçilik talablarini bajarmaslikka yoki buzişga ommaviy da'vat qilganlik;
- fuqarolarni qonunçilik talablarini bajarmaslikka yoki buzişga OAV, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, internet, matnni naşr etiş yoki boşqa şaklda köpaytiriş turlaridan foydalangan holda ommaviy da'vat qilganlik uçun – BHMning 60 baravaridan 80 baravarigaça miqdorda jarima solişni nazarda tutuvçi norma (201-modda 1-qism) kiritilişi.
Loyiha yuzasidan Qonunçilik palatasi deputati Umid Jabborov çiqiş qilgan va deputatlardan qonun loyihasini ma'qullab berişni söragan.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, qonun loyihasi muhokamasida bir qator deputatlar ham söz olgan. Jumladan, Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun loyihasi muhokamaga qöyilganda köplab jurnalist va blogerlar uni qöllab-quvvatlagani va takliflarini bergani haqida gapirgan.
«Bu qonun loyihani tuşunganlar ma'qullayapti, ammo tuşunmaganlar söz, namoyiş erkinligiga qarşilik deb tuşunyapti. Ammo bunday emasligini bilamiz. Hammasi qonuniy.
Bu kabi qonunçilik dunyoning köpgina davlatlarida bor edi, bizda esa yöq. Bizda hatto nega Özbekistonda bunday qonunçilik yöq, degan savollar bölayotgandi», degan u.












