Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda xonadonida kannabis o‘stirib kelayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida hovlisidagi qurilishi tugallanmagan bino ichida kannabis o‘stirib kelayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 18 may kuni soat 18:20larda, Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Denov tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning Namuna mahallasi hududida tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda K.Z.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, qurilishi tugallanmagan bino ichida 26 tup kannabis giyohvand o‘simliklarini ekib parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Giyohvand o‘simliklar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, 21 may kuni K.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:20 / 27.06.2026
Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026