Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada migrantlar uchun «FinDaWay» ilovasi ishlab chiqildi
Fransiya janubidagi boshpana izlovchilarga ularning ma'muriy holati, turar joyi, sog‘lig‘i yoki hatto kundalik ehtiyojlarini qondirishda yordam beradigan yangi mobil ilova ishga tushirildi. Mazkur «FinDaWay» deb nomlangan yangi dastur boshpana izlovchilarga ma'muriy jarayonlar hamda Fransiyadagi hayot haqidagi umumiy va foydali ma'lumotlarni taqdim etadi.
Qayd etilishicha, Fransiyaning janubi-sharqidagi Var viloyatida ishga tushgan tizim olti tilda (fransuz, ingliz, rus, arab, ispan va pushtu) mavjud bo‘lib, iOS va Android qurilmalarida bepul yuklab olish va foydalanish mumkin.
Departament bayonotida ushbu ilova Var viloyatidagi boshpana izlovchilar va qochqinlarga boshpana berish jarayonini osonlashtirish va ularning fransuz jamiyatiga integratsiyalashuvi (qo‘shilishi)ni tezlashtirishga yordam berishi va ma'lumotlarni har bir foydalanuvchi uchun shaxsiylashtirilgan holda taqdim etishi ta'kidlangan.
FinDaWay ilovasi Germaniya va Italiyada vazifasi deyarli o‘xshash bo‘lgan dasturlardan ilhomlangan holda yaratilgan. Ushbu ilova Var ma'muriyati, migrantlarga yordam uyushmalari, muhojirlar va qochqinlar foydalanuvchilari o‘rtasidagi birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasi ekanligi ta'kidlanmoqda.
Ilovada ma'muriy yordamdan tashqari amaliy maslahatlar ham berilgan. Masalan, boshpana izlovchi ushbu ilova orqali ovqatlanishi mumkin bo‘lgan joylar, yaqin atrofdagi kunduzgi markazlar, kasallik bilan davolanadigan joylar va ular joylashgan joyda kir yuvish joylar lokatsiyasi haqida ma'lumot olsa bo‘ladi.
«FinDaWay» mutaxassislar hamda foydalanuvchilar o‘rtasida qulay ma'lumot almashinuvini amalga oshirishga imkon ham beradi.
2020 yilda jahon sog‘liqni saqlash tizimi pandemiya tufayli inqirozni boshdan kechirdi. Fransiya qochqinlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni himoya qilish agentligiga (OFPRA) 95 mingga yaqin shaxs (jumladan, 86 000 tasi ilk bor) boshpana so‘rab murojaat qilgan.
2021 yil 31 mart holatiga ko‘ra, Italiya chegarasidan uzoq bo‘lmagan Var viloyatida 1083ta ixtisoslashgan turar joy mavjud bo‘lib, ma'lumotlarga qaraganda, bu 2017 yilgi ko‘rsatkichlardan uch baravarga ko‘paygan.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026