Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bernar Arnoning boyligi ilk bor 200 milliard dollardan oshdi
Louis Vuitton Moet Hennessy guruhi prezidenti, eng boy fransuz Bernar Arnoning boyligi bir kunda 1,4 mlrd dollarga ko‘payib, 200,4 mlrd dollarga yetdi. Bundan Forbes Real-Time reytingi natijalari darak bermoqda.
72 yoshli Arno boyligi 200 mlrd dollardan oshgan dunyodagi ikkinchi odamga aylandi. Avvalroq bunday natijaga Amazon asoschisi Jyeff Bezos erishgandi.
Ayni vaqtda Forbes talqini bo‘yicha eng boy odamlar beshtaligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Jyeff Bezos (Amazon rahbari) – 200,7 mlrd dollar;
- Bernar Arno (LVMH rahbari) — 200,4 mlrd dollar;
- Ilon Mask (Tesla va SpaceX rahbari) — 154,6 mlrd dollar;
- Bill Geyts (Microsoft asoschisi) — 125,9 mlrd dollar;
- Mark Tsukerberg (Facebook rahbari) — 121,9 mlrd dollar.
24 may kuni Bernar Arno milliarderlar ro‘yxatining birinchi pog‘onasiga ko‘tarilgandi. O‘shanda uning boyligi Bezosnikidan 300 mln dollar ko‘proqni tashkil qilgandi. Fransuz milliarderi davlatining o‘sishi pandemiya vaqtida LVMH namoyish qilayotgan yuqori ko‘rsatkichlar bilan bog‘langan.
Mavzuga oid
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
07:37 / 09.02.2026