Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamondan otishni ommalashtirish chora-tadbirlari belgilandi
Prezident tomonidan “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
U bilan ushbu sport turini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ular jumlasida:
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
- jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan parakamondan otish sport turi bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning Paralimpiya va Paraosiyo o‘yinlari hamda xalqaro musobaqalar, turnirlar va jahon chempionatlarida doimiy va munosib ishtirokini ta'minlash;
- respublika va xalqaro musobaqalar, turnirlarni hamda jahon chempionatlarini doimiy ravishda tashkil etish va o‘tkazish, mamlakatimizning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
- jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, o‘qlar, to‘siqlar hamda sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasini ishlab chiqarishni tashkil etish.
Quyidagilar tashkil etiladi:
- har bir bolalar-o‘smirlar sport maktabida (shu jumladan, kelgusida yangi tashkil qilinadigan maktablarda) mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, kamondan otish seksiya va bo‘limlari;
- 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida - kamondan otish ta'lim yo‘nalishi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab kamondan otish sport turi bo‘yicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning uch bosqichli tizimi joriy etiladi. Bunda:
- I bosqichda – ta'lim muassasalari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa sport ta'lim muassasalaridan saralangan sportchilar o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);
- II bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari o‘rtasida hududiy musobaqalar (Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);
- III bosqichda – hududiy musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlari o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi.
Shuningdek, har yili an'anaviy tarzda kamondan otish sport turi bo‘yicha quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
- Toshkent shahrida - “Alpomish va Barchinoy” xalqaro turniri;
- Samarqand shahrida - ayollar o‘rtasida “To‘maris kubogi” xalqaro turniri;
- Buxoro, Qo‘qon, Samarqand va Xiva shaharlarida - “Turizm va kamondan otish haftaligi”.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- 2022-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi bo‘yicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalarini tashkil etish rejasi;
- Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026