Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot xodimlarining xatosi sababli homilador ayol vafot etdi
Ayol Oltinsoy tuman tug‘ruq bo‘limiga olib kelingach, shifokorlar Sh.B. va T.A. ko‘rigidan o‘tkazilgan. Shifokorlar ayolning oila a'zolariga uning sog‘lig‘i yaxshiligi, tug‘ruq yaxshi o‘tishi kutilayotgani bildirilgan.
Shifokorlar ayolga to‘liq tashxis qo‘ymagani sababli tug‘ruq jarayoni og‘ir o‘tgan. Bemor operatsiya qilinib, bachadoni olib tashlangan.
Xulosaga ko‘ra, ayol ichki qon ketishidan vafot etgan. Tug‘ruqdan oldin qon zahirasi tayyorlanmagan. Mutaxassislar jalb qilinmagan. Shifokorlar ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan.
Shifokorlarga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ular 1 yil tibbiyot sohasida ishlash huquqidan mahrum qilindi.
Mavzuga oid
18:54 / 30.12.2025
Surxondaryo viloyatining yana ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi
16:10 / 06.10.2025
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti immunitet sohasidagi kashfiyotlar uchun berildi
12:33 / 01.08.2025
Surxondaryoda YTH oqibatida to‘rt yigit halok bo‘ldi
19:39 / 03.11.2022