Otabek Rustamoviç Mavlonov Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani yangi hokimi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani kengaşining viloyat hokimi Uluğbek Qosimov iştirokida ötgan navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körib çiqildi. Şu kungaça Oltinsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Bahrom Mahmatrayimov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.
Viloyat rahbari tuman hokimi lavozimiga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Otabek Mavlonov nomzodini taklif etdi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari tomonidan ma’qullandi.
Ma’lumot uçun, Otabek Mavlonov 1980 yilda Termiz tumanida tuğilgan. 2001 yilda Termiz davlat universitetini moliya yönalişi böyiça tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida mahalliy hokimliklar hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Termiz tumani hokimining örinbosari, viloyat Investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliğining örinbosari lavozimlarida işlagan. Tayinlovga qadar esa Surxondaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va taşqi savdo boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Öz navbatida, Oltinsoy tumani sobiq hokimi Bahrom Mahmatrayimov endi Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari lavozimida işlaydi.

Bahrom Mahmatrayimov 1974 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tuğilgan. 2000 yilda Termiz davlat universitetini, 2006 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori.
U 1996–2021 yillarda Davlat soliq qömitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021–2023 yillarda Kinematografiya agentligi boş direktorining örinbosari lavozimida işlagan.
2023 yil yanvaridan buyon Oltinsoy tumani hokimi vazifasida işlab kelgan işlab kelayotgandi








