3 iyul kuni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida ölim bilan yakunlangan yöl-transport hodisasi sodir böldi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum bölişiça, 2006 yilda tuğilgan yigit haydovçilik guvohnomasiga ega bölmasdan 4 nafar sinfdoşi bilan Lacetti Gentra rusumli avtomaşina ruliga ötirgan.

Soat 22:30 larda u tört nafar dösti bilan Şörçi tumanidan Oltinsoy tomon yöl olgan. Soat 23:40 atrofida haydovçi 75B 012 avtomobil yölining 15-kilometrida boşqaruvni yöqotişi oqibatida avtomobil beton tösiqqa borib urilgan.

Yölovçilardan ikki nafari olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bölgan. Tuman tez tibbiy yordam bölimiga yotqizilgan yana ikki yölovçi keyinroq jon bergan.

YTHdan faqat haydovçi omon qolgan, u ayni vaqtda tan jarohatlari bilan şifoxonada qolmoqda. Uning aytişiça, maşina tanişiga tegişli bölib, tanişi undan maşinani taxminan 200 metr masofadagi avtomobil yuviş şoxobçasiga olib borib, yuvib kelişni söragan. Yölda u döstlarini uçratib qolgan va ular «sayr qiliş»ga qaror qilişgan.

Yigitning aytişiça, u maşina haydaşni uyda örgangan, oilaning Gentra rusumli öz avtomobili bor. Avtohalokat sodir bölgan kuni u boşqa avtomobilni quvib ötmoqçi bölgan, ammo şu payt rul çetga tortib ketgan.

«Tezlik kerak emas ekan. Avtomobilning egasi menga yuvib kelgin, deb bergandi. Balloni yorilib ketdimi, bilmay qoldim, rul öng tomonga tortib ketdi», – degan haydovçi Millar dasturi reportajida.