Sport | 23:14 / 29.06.2021
5598
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio Olimpiadasi va Paralimpiadasiga keluvchi mehmonlar soni cheklab qo‘yildi

Tokioda o‘tadigan Olimpiada va Paralimpiadaga umumiy hisobda 78 ming mehmon tashrif buyuradi.

Foto: Getty Images

Olimpiadaga 59 ming mehmon tashrif buyuradi, vaholanki 2020 yilda mehmonlar soni 180 ming nafar bo‘lishi kutilgandi.

Ushbu sondan 23 mingini XOQ va xalqaro sport federatsiyalarini bildiruvchi turli darajadagi rasmiy shaxslar, 6 mingini jurnalist va fotomuxbirlar hamda 17 mingini televideniye xodimlari va Olimpiadani namoyish etish huquqiga ega shaxslar tashkil qiladi.

Paralimpiadaga 19 ming kishi keladi. Ulardan 9 mingini rasmiy shaxslar, 4 mingini telenamoyishlarni ta'minlovchi xodimlar va 2 mingini jurnalistlar tashkil etadi.

Ayni vaqtda o‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra, O‘yinlarga tashrif buyuruvchilar Yaponiyaga kelishdan oldin 96 soat ichida koronavirusga ikkita test topshirishlari shart. Bu 12 iyulda Tokioga keluvchi XOQ prezidenti Tomas Baxga ham tegishli bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid