Jamiyat | 07:52 / 01.07.2021
16071
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda katta tezlikda harakatlanib kelgan «Lasetti» beton simyog‘ochga urildi

Joriy yilning 30 iyun kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Toshkent halqa yo‘li, “Turkiston” kafesi qarshisida haydovchi "Lasetti" rusumli avtomobilni katta tezlikda boshqarayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan piyodalarni urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga burgan

Keskin burilish oqibatida avtomobil avval piyodalar belgisiga, so‘ng beton simyog‘ochga borib urilgan. Beton simyog‘ochning parchalari yo‘lning narigi tomonidan harakatlanib kelayotgan "Spark" rusumli avtomobilga tekkan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, qoidalarni chetlab o‘tib o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid