Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari qabul qilindi
Prezidentning “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
- "xomashyodan tayyor mahsulotgacha" bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan mis mahsuloti va u bilan bog‘liq sohalarda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-texnologik klasterni tashkil etish;
- mis, rangli, nodir va noyob metallar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish;
- loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining o‘zaro bog‘liq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish;
- mis sanoati klasteri uchun zarur bo‘lgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zlashtirish;
- kon-metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, dastgohsozlik sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va boshqalar.
Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish "yo‘l xaritasi" va maxsus komissiya tarkibi tasdiqlandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, "Navoiy KMK" AJ va "Olmaliq KMK" AJga:
- O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, "O‘zeltexsanoat" uyushmasi bilan birgalikda - 2022-2026 yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini;
- "O‘zkimyosanoat" AJ bilan birgalikda - kon-metallurgiya sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;
- yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari hamda malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda - Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentida Metallurgiya tarmog‘ini va mis sanoati klasterini rivojlantirish shu'basi tashkil etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 25.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026