Jahon | 09:37 / 02.07.2021
4040
1 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyada komendantlik soati joriy qilindi

Portugaliya hukumati koronavirus tarqalishi darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda, jumladan, poytaxt Lissabonda soat 23:00dan komendantlik soati joriy qildi, deb xabar berdi Publico nashri.

«Biz hech qanday vaziyatda pandemiya nazorat ostida ekanligini ayta olmaymiz. Hozirgi vaziyatimiz mamlakat oxirgi 1,5 yil ichida boshdan kechirgandagidek og‘ir emas, biroq jiddiy», deb aytgan vazir Mariana Silva Viyeyra.

Portugaliyada oxirgi sutkada fevral oyidan beri eng ko‘p sonda kunlik kasallanish holati qayd etildi va 2 mingdan ko‘proqni tashkil qildi. Kasallanish holatlari asosan Lissabonda va Teju vodiysi hududida qayd qilingan.

Ta'kidlanishicha, komendantlik soati 2 iyuldan boshlanadi va soat 23dan 5gacha amal qiladi. U virus tarqalishi darajasi yuqori bo‘lgan 45ta munitsipalitetda joriy etiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid