Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda bortida 85 kishi bo‘lgan harbiy samolyot quladi
Filippin harbiy-havo kuchlariga tegishli S-130 samolyoti Sulu arxipelagida halokatga uchradi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, buning natijasida 17 kishi halok bo‘ldi.
Filippin qurolli kuchlari qo‘mondoni Sirilito Sobitjonning ma'lum qilishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 11:30da yuz bergan. Samolyot bortida kamida 85 kishi bo‘lgan. Kagayan-de-Oro shahridan harbiylarni tashib ketayotgan samolyot Xolo aeroportiga qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lakchasidan o‘tib ketgan va yaqin oradagi qishloqqa qulagan. Buning oqibatida yong‘in yuz bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 40 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan va ular shifoxonaga yetkazilgan.
Kamida 17 kishi halok bo‘lgan va qurbonlar soni oshishi mumkin. Voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Ushbu samolyot Filippin qurolli kuchlariga 2020 yil fevralda AQSh tomonidan topshirilgan. U AQShdan harbiy moliyalashtirish hisobiga sotib olingan ikki samolyotdan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
08:07 / 08.04.2026