Boeing KC-135 Stratotanker
Xizmatga kiritilgan yili: 1957

Qariyb 70 yildan buyon KC-135 AQŞ Harbiy-havo kuçlarining asosiy havoda yonilği quyiş samolyoti bölib qolmoqda. U bosqiçma-bosqiç Boeing KC-46 Pegasus bilan almaştirilayotgan bölsa-da, 2030-yillargaça parvoz qilişda davom etişi kutilmoqda.

Dunyodagi ilk reaktiv yölovçi samolyotlardan biri bölgan Boeing 707 bazasida yaratilgan KC-135 haqiqiy “osmon dinozavri” hisoblanadi. Şunga qaramay, u nafaqat AQŞ, balki butun dunyo böylab uning ittifoqçilari uçun ham öta muhim unsurdir.

Havoda yonilği quyişning global tarmoği, masalan, F-22 Raptor qiruvçilariga Alyaskadan Yaponiyagaça parvoz qiliş va bunda tovuşdan yuqori tezlikni saqlab qoliş imkonini beradi.

Lockheed U-2 (“Dragon Lady”)
Xizmatga kiritilgan yili: 1956

Hatto 2026 yilda ham U-2 dunyodagi eng murakkab samolyotlardan biri bölib qolmoqda — ham jismoniy, ham texnik jihatdan. U klassik aerofotosuratga oliş bilan raqamli uruş örtasida öziga xos köprik vazifasini bajaradi.

Sun’iy yöldoşlar va dronlar rivojlanganiga qaramay, uning noyob xususiyatlari uni safda saqlab turibdi. U-2 21 kilometrdan ortiq balandlikda parvoz qiladi.

Taşqi körinişi 1950-yillardan buyon deyarli özgarmagan bölsa-da, uning jihozlari muntazam yangilanib boradi. Sensorlarining modulli arxitekturasi tufayli samolyotni yangi vazifalarga tez moslaştiriş mumkin.

Dronlardan farqli ölaroq, U-2 2,3 tonnagaça uskuna — razvedka tizimlaridan tortib radarlargaça olib yura oladi. Hatto F-35 Lightning II kabi turli avlod samolyotlarini boğlovçi “ma’lumotlar uzeli” sifatida ham işlay oladi.

Lockheed Martin C-130 Hercules
Xizmatga kiritilgan yili: 1956

C-130 harbiy samolyotlar orasida uzluksiz işlab çiqariş davomiyligi böyiça rekordçi hisoblanadi. Undan 70 dan ortiq davlat foydalanadi — yuk taşişdan tortib radioelektron kuraş va yonğin öçirişgaça.