O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p import qilayotgani ma'lum bo‘ldi
2021 yilning besh oyida Xitoy O‘zbekiston eksport va importida yetakchilik qilmoqda. Xitoydan import eksportga nisbatan 2 barobarga ko‘p. 2020 yil davomida ham XXR O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lgan.
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston importida yuqori ko‘rsatkichga ega davlatlar o‘nligini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, Xitoy 1,8 mlrd dollarlik import bilan yetakchilik qilmoqda. Xitoy O‘zbekiston eksportida ham 0,8 mlrd dollarlik eksport bilan yetakchilikni qo‘lga olgan.
Ya'ni, yilning besh oyida Xitoydan import eksportga nisbatan 2 barobarga ko‘proqni tashkil qilgan: saldo manfiy 1 milliard dollarga teng.
2020 yil (yanvar-dekabr)da ham O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy sherigi sifatida Xitoy qayd etilgan. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 6,43 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Shundan 1,93 milliard dollar eksport, 4,5 milliard dollar import ulushi ekani ma'lum qilingan. Salbiy saldo 2,57 milliard dollarni tashkil qilgan.
Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning besh oyida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan boshqa davlatlar (AQSh dollarida):
- Rossiya – 1 747,2 mln
- Qozog‘iston – 1 090,0 mln
- Koreya Respublikasi – 645,7 mln
- Turkiya – 600,7 mln
- Germaniya – 257,0 mln
- Hindiston – 192,0 mln
- Turkmaniston – 166,7 mln
- Ukraina – 162,2 mln
- Litva – 159,1 mln
2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning jami import hajmi 8,8 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:45
Xitoy Buxoroda oqova suvlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi
08:43
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi mumkin
19:14 / 25.11.2024
Xitoy ikkita sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi
22:52 / 24.11.2024