Buxoroda qassob fuqarolarni qariyb 60 million so‘mga chuv tushirdi
G‘ijduvon tumanida fuqarolarning qora mollarini so‘yib olib, pulini bermay ketgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda A.H. 2021 yilning mart oyida 4 nafar fuqaroning 59,8 million so‘mlik qora mollarini keyinchalik pulini berish sharti bilan so‘yib olganligi aniqlangan. Ammo u sotilgan go‘sht pullarini mol egalariga qaytarmasdan, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Buxoroda o‘zini qurilish tashkiloti rahbari deb tanishtirib, pora olgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
17:50 / 29.11.2024
Buxoroda hokimlar, o‘rinbosarlar va sektor rahbarlari 6 oylik favqulodda ish tartibiga o‘tkazildi
20:33 / 28.11.2024
Buxoroda salkam 9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
12:03 / 28.11.2024
Buxoroda gaz portlashi: bir oiladan 2 kishi vafot etdi, 2 kishi kuyish jarohatini oldi
09:51 / 21.11.2024