Jamiyat | 09:00 / 09.07.2021
9774
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

GREENWICH sharofati bilan Londonga!

Golden House kompaniyasi har doimgidagidek o‘z mijozlarini o‘ziga xos noodatiy  sovg‘alari bilan hayratga solishda davom etmoqda. Jumladan, Greenwich turar joy majmuasi tomonidan o‘tkazilayotgan aksiya ham yangi xonadon sohiblari uchun ana shunday ajoyib va yoqimli sovg‘adir. Aksiya doirasida 2021 yilning 1 iyulidan 30 sentyabriga qadar bo‘lgan muddatda Greenwich'dan xonadon xarid qilib oling va Buyuk Britaniya poytaxtiga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiriting!

Britaniya kvartali Greenwich – Golden House'ning o‘ziga xos ajoyib va betakror loyihalaridan biridir. Majmua imoratlari qadimiy rim me'morchilik uslubida betakror naqshlar bilan bezatilgan g‘ishtli fasad uylarni o‘zida mujassam etgan. Mijozlar xarid qilib olishlari uchun biznes va komfort (qulaylik) singari ikki xil klassdan iborat zamonaviy va muhtasham xonadonlar mavjud.

Komfort-klassga mansub xonadonlar ko‘chib o‘tishga tayyor to‘liq ta'mir holatida, shuningdek ajoyib sovg‘a sifatida oshxona to‘plami bilan foydalanishga topshiriladi. “Ko‘chib o‘ting va yashang!” qabilidagi chorlov va qaror – yuqori sifatli materiallar va qulay rejalashtirish yechimlarini mujassam etgan xonadon mijozlarni uzoq vaqt toliqtiruvchi tashvishlar va zerikarli ta'mirlashdek katta bosh og‘rig‘idan xalos etadi. Angliya uslubiga xos bo‘lgan lakonizm va aniqlik har qanday mebelni optimal tarzda joylashtirish mumkin bo‘lgan xonalarda o‘z aksini topgan, hattoki rozetkalar va boshqa aloqa tizimlarining puxta o‘ylab joylashtirilgani ham  xonadonlarning zamonaviy standart talablariga to‘liq javob bera olishini anglatadi.

Biznes-klassga mansub bo‘lgan xonadonlar esa ta'mirsiz holda foydalanishga topshiriladi. Bunday xonadon sohiblari shaxsan o‘zlarining boy tasavvurlari orqali rejalashtirish yechimlariga oid jihatlarni hal etadilar. Turar joy majmuasi qaysi klass turiga mansubligidan qat'iy nazar, barcha xonadon sohiblari avtomashinalardan xoli bo‘lgan xavfsiz hovli, qulay avtoturargohlar, kvartalning puxta o‘ylangan va rivojlangan infratuzilmasi, shuningdek qulay sayr qilish yo‘lakchalari va zamonaviy bolalar o‘yingohlariga ega bo‘ladilar.

Poytaxtning ingliz uslubidagi mazkur turar joy majmuasi bo‘lajak aholisini Tumanli Albionga ikki kishilik yo‘llanma va boshqa kundalik hayotimizda asqatuvchi boshqa foydali sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi yutuqli o‘yinlarda ham faol ishtirok etishga taklif etadi. Sayohat qilish orqali esa siz poytaxtimizdagi Britaniya kvartalining muhiti betakror Angliya muhiti bilan qanchalik yaqin ekanligiga shaxsan guvoh bo‘lish imkoniga ega bo‘lasiz. Developerdan Londonga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasi eng omadli kishilarga taqdim etiladi. 1 iyuldan boshlab Greenwich turar joy majmuasidan xonadon xarid qilgan har bir kishi avtomatik ravishda uyining kvadrat maydoniga doir shaxsiy ma'lumotlari ko‘rsatilgan maxsus kuponni olgan holda aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Kuponning bir qismi kompaniya ofisidagi muhrlangan qutiga joylashtiriladi ikkinchi qismi esa Golden House aksiyasi g‘oliblari e'lon qilingan kunga qadar xaridorda qoladi.

Aksiya g‘oliblari ingliz muhitiga batamom sho‘ng‘ish uchun kuz faslida Britaniya kvartalida e'lon qilinadi.

Shoshiling, xonadonlar xarid qilib oling, foydali sarmoya kiriting va ajoyib yutuqli sovrinlarga eg bo‘ling va albatta kompaniya yangiliklarini kuzatib boring.

Call-markaz: +99878-150-11-11

Sayt: greenwich.uz

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid