O‘zbekiston va Rossiya Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashayotganidan xavotir bildirdi
9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomon Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashayotganidan xavotir bildirdi.
Muloqot vaqtida Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ham ko‘rib chiqildi.
Komilov va Lavrov, shuningdek, kelgusiga rejalashtirilgan birgalikdagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilishdi. Bunday tadbirlar orasida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Dushanbeda 13-14 iyulda o‘tadigan uchrashuvi va Toshkentda 15-16 iyulda o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumani bor.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Afg‘onistondagi jangovar harakatlar Tojikiston hududiga o‘tishi mumkinligidan xavotir bildirgandi.
Mavzuga oid
11:11 / 20.11.2024
Lavrov: RF hududiga ATACMS zarbasi - eskalatsiya haqida signal
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:44 / 09.11.2024