Afğonistondan olib kelingan katta miqdordagi narkotik foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, DXXning tezkor bölinmalari va Çegara qöşinlari hamda Bojxona qömitasi hamkorligida tezkor qidiruv tadbiri ötkazilgan. Unda qöşni davlatdan olib kelingan katta miqdordagi narkotik modda töxtatib qolingan. Jinoiy guruh tong sahar vaqtda harbiy xizmatçilar sergaklikni yöqotişiga umid qilib, narkotikni olib ötişni rejalaştirişgan.

Surxondaryo viloyatidagi “Termiz-avto” çegara bojxona postiga Afğonistondan kirib kelgan yuk maşina örnatilgan tartibda tekşiruvdan ötkazilgan. Transport vositasi Afğoniston fuqarosi boşqaruvida bölgan.

Yuk maşina tirkamasiga ortilgan ekskavator inspeksion körik majmuasi orqali skaner qilinganida, uning kötargiç qismi içida konstruksiyada körsatilmagan şubhali predmetlar borligi kuzatilgan. 

Şundan söng, ekskavator tuynuklari endoskop maxsus texnik vositasi orqali közdan keçirilgan. Jarayonda ekskavatorning kötargiç qismiga 593 kg gaşiş va 3 kg opiy yaşirilgani aniqlangan. 

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda uşbu narkotik modda egalarini qölga oliş çoralari körilmoqda.

Avvalroq Farğonada yuk maşinasi ğildiraklaridan qariyb 20 kg narkotik topilgandi.