Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning Germaniya mudofaa vaziri bilan uchrashuvi kutilmaganda bekor qilindi
Avvalroq GFR mudofaa vazirligi 12 iyul kuni mudofaa vaziri va Ukraina prezidenti ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi to‘g‘risida xabar bergandi.
Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida Berlinda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv bekor qilindi. Bu haqda Germaniya mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Avvalroq GFR mudofaa vazirligi 12 iyul kuni mudofaa vaziri va Ukraina prezidenti ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi to‘g‘risida xabar bergandi.
Uchrashuvda «mintaqadagi bugungi vaziyat rivoji va ikki tomonlama munosabatlar» muhokama qilinishi aytilgandi.
Ammo 12 iyul kuni muzokaralar bekor qilingani ma'lum bo‘ldi.
Vazirlik vakili uchrashuv bekor qilinishi sababini aytmadi.
9 iyul kuni Ukraina prezidenti matbuot xizmati Vladimir Zelenskiy 11 iyul kuni Germaniyaga tashrif buyurishi hamda kansler Angela Merkel va federal prezident Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashishini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:23 / 30.06.2026
BMW yangi X5 rasmini namoyish etdi
10:00 / 30.06.2026
Germaniyadagi qonli hujumda olti kishi halok bo‘ldi
18:50 / 29.06.2026