Jahon | 21:09 / 14.07.2021
6844
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha AQShdan oxirgi avloddagi 250ta tank sotib oladi

Polsha qurol sotib olish haqidagi kelishuv doirasida AQShdan eng oxirgi avloddagi 250ta “Abrams” tankini oladi.

“Bizning vazifamiz ehtimoliy agressorni to‘xtatishdan iborat. Va biz bu agressor kimligini yaxshi bilamiz”, — deb aytgan matbuot anjumanida Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak.

Uning ta'kidlashicha, tanklar Polshaning sharqiy chegaralarini mustahkamlashga yordam beradi. Ular Polshaga 2022 yilda yetkazib berilishi kutilmoqda.

Jangovar texnika AQSh bilan tuzilgan kelishuv doirasida olinadi. Ushbu kelishuvning qiymati 6 mlrd dollarga yaqinni tashkil qiladi. Tanklar bilan birga boshqaruv, evakuatsiya, qo‘llab-quvvatlash mashinalarini, o‘quv paketlarini sotib olish ham rejalashtirilgan.

“Albatta, bu biz xalqaro xavfsizlik sohasida to‘qnash kelayotgan tahdidlarga munosabatimiz hisoblanadi”, — deb qo‘shimcha qilgan Blashchak.

Ta'kidlanishicha, hozirda polshalik harbiylar ixtiyorida Leopard 2A5, Leopard 2A4, PT-91 Twardy, T-72M tanklari bor.

May oyida Polsha Turkiyadan 24ta zarbdor dron sotib olishini e'lon qilgandi. U shu tariqa NATOning turk dronlarini sotib oladigan ilk davlati bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid