Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya bosh vaziri 16 iyulda “haqiqat”ni aytishini e'lon qildi
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish 15 iyulda Twitter va Facebook’dagi sahifalarida “Ertaga haqiqatni aytaman” degan post qoldirdi. Biroq siyosatchi ushbu “sirli” postiga hech qanday izoh qoldirmagani sababli OAVda uning akkaunti buzib kirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida gaplar oraladi.
Novinky nashri Babish atrofidagi yaqin manbaga tayanib, katta harflar bilan yozilgan ushbu postni bosh vazirning o‘zi qoldirganini ma'lum qilgan.
Nashrning ta'kidlashicha, Babish 16 iyulda nimadir haqida e'lon qilishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir ijtimoiy tarmoqlarda odatda aholining koronavirusga qarshi emlanishi bilan bog‘liq yangiliklarni qoldirgan. Hozirda mamlakatdagi emlash jarayoni uning boshchiligida o‘tmoqda.
Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda bosh vazirning ushbu postiga kinoyali izohlar paydo bo‘lgan. Bu izohlarning aksariyati mazmuni Chexiya bosh vaziri “birinchi marta rost so‘zlashga qaror qilgani va shu sababli ushbu ‘muhim voqea’ni e'lon qilayotgani”dan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
14:36 / 30.04.2026